Annotatsiya

Annotatsiya. Maqolada sabzavot ekinlarini yetishtirishda ekish sifatini hosildorlikka ta’siri qisqacha tahlil etilgan va ekishga ta’sir etuvchi asosiy omillar keltirib o‘tilgan. Shu bilan birga mayda urug‘li sabzavot ekinlari urug‘larini qiya novdagi harakatini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan nazariy tadqiqot natijalari keltirilgan. O‘tkazilgan tadqiqotlarda urug‘lar moddiy nuqta va urug‘ novini qiya tekislik sifatida qaralib, urug‘larni dumalashini ta’minlovchi ishqalanish kuchini ifodalovchi analitik ifoda olingan. Urug‘larni dumalab yoki sirpanib harakatlanishini ta’minlaydigan ishqalanish koeffitsiyentining chegaraviy qiymatini aniqlaydigan ifoda keltirib chiqarilgan.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini, jumladan sabzavot ekinlarini yetishtirish operatsiyalari umumiy kompleksida ekish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uni o‘z vaqtida sifatli bajarilishi hosildorlikni va mahsulot sifatini oshirish, mehnat va boshqa sarf-xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi [1].

Urug‘larni ekish texnika va texnologiyalariga ta’sir etuvchi asosiy xususiyatlari bu urug‘larning texnologik xususiyatlaridir. Bunga urug‘larni ekishdagi sifati va fizik-mexanik xususiyatlari kiradi [2]. Urug‘ning yana bir xususiyatlaridan biri aerodinamik xususiyatidir. Urug‘ning aerodinamik xususiyati deganda uchuvchanligi va muallaqlik (kritik) tezligi tushiniladi. Urug‘ning uchuvchanligi uchuvchanlik koeffitsiyenti bilan tavsiflanadi [3]. Urug‘larni teng taqsimlanishiga ta’sir etuvchi omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: ekish apparatida urug‘larni taqsimlanish sifati; urug‘larni uchish vaqtining doimiyligi va ekish apparati tirqishidan pushtagacha tushish trayektoriyasi; urug‘larni qayta taqsimlanishi (sakrashi va dumalashi) [4]. Aniq ekishning asosiy vazifasi o‘simliklarning o‘sishi uchun yeng qulay sharoitlarni ta’minlab, dala maydoniga urug‘larni oqilona joylashtirishdir. Shu bilan birga, texnologik jarayon sifatida ekishga uchta asosiy talab qo‘yiladi: dala maydoni birligiga ma’lum miqdordagi urug‘larni ekish; ularni dala maydonida bir xilda joylashtirish; ularni kerakli (teng) chuqurlikka kiritish [5].

#Urug‘lar #nov #harakat #ishqalanish #shakl #dumalash #sirpanish #qiyalik.