Annotatsiya
Ushbu maqola Packet Tracer dasturida marshrutizatorlar va kommutatorlarning ishlatilishi, modullar bilan bog‘liq funksional imkoniyatlari hamda ularni tarmoq simulyatsiyasida qo‘llash usullari tahlil qilinadi. Maqolada turli xil Cisco marshrutizatorlari va kommutatorlar, qurilmalarni quvvatini o‘chirib yoqish, konfiguratsiyani saqlash, shuningdek “Generic” qurilmalar, modul turlari (Ethernet, optik, serial, modem) va ularni o‘rnatish tartibi haqida batafsil ma’lumot berilgan.
Tarmoq qurilmalari – tarmoqda o‘zaro aloqa o‘rnatishning asosi hisoblanadi. Ushbu bo’limda siz Packet Tracer dasturida mavjud bo‘lgan barcha tarmoq qurilmalari va ular uchun qo‘llaniladigan modullar bilan tanishasiz. Shundan so‘ng istalgan qurilmaga kerakli modulni o‘rnatib, ularni sozlashingiz mumkin bo‘ladi. Dastur shuningdek, o‘zgartirilgan qurilmalarni kelajakda qayta ishlatish uchun saqlash imkonini ham beradi. Agar siz Cisco IOS buyruqlarini bilmasangiz ham, “Tarmoq qurilmalarini sozlash” bo‘limidan so‘ng kommutator va marshrutizatorlarni barcha zarur buyruqlar yordamida sozlay olasiz [1].