Annotatsiya
Maqolada shaharlararo yo‘lovchi tashish tizimini geoinformatsion texnologiyalar qo‘llagan holda boshqarish tizimini ishlab chiqish, shaharlararo yo‘lovchi tashish samaradorligi oshirish bo‘yicha tahlillar keltirilgan.
Respublikamizda yuk aylanmasining asosiy qismi temir yo‘l, avtomobil va quvur yo‘l transportlariga, yo‘lovchi aylanmasi esa avtomobil, temir yo‘l va havo transportlariga to‘g‘ri keladi [1,2].
O’zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalari profilaktikasi tizimini takomillashtirish, huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga barham berishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib, bunda yo‘l-transport hodisalarining sonini qisqartirishga alohida e’tibor qaratilmoqda [3-5]. Shu bilan birga, yo‘llar sifati, shahar va tumanlarning infratuzilmasi yo‘l harakati xavfsizligini ishonchli ta’minlash talablariga to‘liq javob bermasligi, harakat ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlar to‘liq yaratilmaganligi kuzatilmoqda [6].