Annotatsiya

Ushbu maqolada paxta to‘qimachilik klasteri tizimining asosiy bo‘g‘ini xisoblangan paxta tozalash korxonalarida paxtani qayta ishlash jarayonida chigitdan tolani ajratib beruvchi arrali jin mashinalari taxlili, tola ajratish jarayonida qo‘llaniladigan texnika texnologiyalar taxlili, tola ajratish jarayonida qo‘llaniladigan texnika texnologiyalarning asosiy ishchi organlari va xorijiy texnika texnologiyalar bo‘yicha ma’lumotlar taxlili keltirilgan. Olib borilgan taxlillar natijasida paxta tozalash korxonalarida chigitdan tolani ajratish jarayonida paxtani bir me’yorda ta’minlanmasligi sifat ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, chigitdan tolani ajratish jarayonida chigitlarning shikastlanishi bilan birga paxta tolasi davlat standarti talablariga yetarli darajada javob berishi, shuningdek, arrali jin mashinasi ishchi kamerasida zichlikning oshib ketishi natijasida sifat buzilish holatlari kuzatilmoqda. Bu esa tayyor mahsulot sifatining pasayishiga hamda ishlab chiqarish samaradorligining kamayishiga olib kelmoqda.

Respublikamizda mavjud paxta tozalash korxonalarida joylashgan g‘aramlardagi paxtani ishlab chiqarish jarayoniga yetkazib berishda dastlabki sifat koʻrsatkichlarini saqlab qolish hamda energiya sarfini kamaytirish va ish unumdorligini oshirishga qaratilgan yangi texnika va texnologiyalarni yaratish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, ularni amalda qoʻllash yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. «2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida,» jumladan «Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 marotabaga oshirish» boʻyicha muhim vazifalar belgilab berilgan. bo‘yicha vazifalari belgilangan. Ushbu vazifalarni amalga osirishda, xususan, paxta sanoatida paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonlarini, xususan, paxta tolasini chigitdan ajratish uskunalari ishchi organlarini takomillashtirish orqali tola ajratish jarayoni samaradorligini oshirish masalasi muhim hisoblanadi [1,2].

Material va metodlar. Paxta tozalash korxonalariga fermer xo‘jaliklari tomonidan keltirilgan paxta xomashyosi avvalo, seleksion naviga qarab, so‘ngra  tarkibidagi ifloslik va namlik miqdori laboratoriya sharoitida aniqlanib, sanoat navi va sinflariga ajratilib, g‘aram maydonlariga joylashtiriladi. Bir nechta texnologik jarayonlar (saqlash, quritish, tozalash) dan keyin jinlash jarayoniga uzatib beriladi [3].

#chigit #tola #zichlik #kolosnik #arrali silindr #ishchi kamera ta’minlagich #lint.