Annotatsiya

Ushbu maqolada kombinatsiyalashgan plyonka to‘shagich qurilmasi va u bilan agregatlanadigan mini traktorning konstruktiv sxemasi va ularning agregat holatidagi umumiy ko‘rinishi, ishlash prinsipi, texnologik jarayonlari hamda dala tajribalari keltirilgan. Agrotexnik jihatdan еrga bir tekis to‘shalishi uchun plyonkani tuproq bilan kerakli darajada ko‘milishiga bog‘liqligi va tajriba natijalari asosida optimal texnologik parametrlar aniqlangan, qurilmaning samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar hamda iqtisodiy samara natijalari keltirilgan.

Jahonda har yili o‘rtacha 2,8-2,9 mln. gektar maydonda poliz mahsulotlari еtishtirilib, shundan 70 foizi tarvuz, 20 foizi qovun va 10 foizi qovoqni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasida poliz mahsulotlari 65 ming gektardan ko‘proq maydonda еtishtiriladi [1-3]. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra bir yil dovomida inson iste’mol qilishi kerak bo‘lgan mahsulotlar ratsionida poliz ekinlari yuqori pog‘onalarda joylashgan bo‘lib, ular yiliga 40-50 kilogrammni tashkil etadi [4]. Shu jihatdan poliz ekinlarini еtishtirishda va yuqori hosil olish uchun tuproqning unumdorligini saqlagan holda еrlarga ishlov berish ilg‘or texnologiyalari va zamonaviy texnika vositalarini qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi.

Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 05 yanvardagi PQ-5-son “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish” chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarorida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan «suv – tekin» tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etish ko‘rsatib o‘tilgan [5-6].

#plyonka to‘shagich #mini traktor #suv tejovchi texnologiya #tomchilatib sug‘orish shlanglari #qurilma #polietilen plyonka #tajriba #tuproq #texnologiya #poliz ekinlari #qishloq xo‘jaligi texnikasi.