Annotatsiya
Ushbu maqola Namangan shahridagi I.Karimov va G‘irvonsoy ko‘chalari kesishmasidagi chorrahani yo‘l o‘tkazgich modelini ishlab chiqish orqali Namangan shahridagi I.Karimov va G‘irvonsoy ko‘chalari hududidagi umumiy foydalanishdagi yo‘l uchastkasida yo‘l harakatini tashkil etish va xavfsizligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda shahar yo‘l kesishmalaridagi svetofor tizimlarining o‘tkazuvchanligini aniqlashda real vaqt ma’lumotlarini, kuzatuvlar natijalarini uyg‘unlashtishni aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan.
I.Karimov va G‘irvonsoy ko‘chalarini tanlanishi shundan iboratki, ushbu kesishmalardan turli shahar tumanlaridan boshqa tumanlarga yo‘nalgan katta miqdordagi transport vositalari harakati o‘tadi, bu esa o‘z navbatida transport oqimining oshishiga, tirbandliklarning yuzaga kelishiga olib keladi.
Namangan shahridagi I.Karimov va G‘irvonsoy ko‘chalari kesishmasining yo‘l harakati holati bo‘yicha haqiqiy ma’lumotlarni olish uchun, Namangan shahridagi o‘rganilayotgan bo‘limlar bo‘yicha transport oqimlarini o‘rganish zarur [1,2].
I.Karimov va G‘irvonsoy ko‘chasi kesishmasida svetoforli tartibga solish tizimi tashkil etilgan, T1 turidagi svetoforlar qo‘llanilgan. I.Karimov ko‘chasidagi yo‘l uch qatorli [3,4]. I.Karimov ko‘chasidagi yo‘l. Ushbu kesishmada yer usti piyodalar o‘tish joylari tashkil etilgan, tegishli 5.16.1/2 belgilar va svetoforlar o‘rnatilgan, shuningdek, 1.14.1 belgilash chiziqlari tortilgan. I.Karimov ko‘chasidagi yo‘lning kengligi 11,75 metr, G‘irvonsoy ko‘chasidagi yo‘lning kengligi 7 metr.