Annotatsiya

: Maqolada zamonaviy mehnat bozoridagi o‘zgarishlar va yoshlar ortasidagi prekariat muammosi tahlil qilinadi. Muallif ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni joriy etish orqali yoshlar bandligini ta’minlash va ularning ijtimoiy barqarorligini mustahkamlash zarurligini ilmiy asosda yoritadi. Shu bilan birga, raqamli savodxonlik, dual ta’lim tizimi, yoshlar tadbirkorligi va falsafiy-insonparvar yondashuvning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan

Globallashuv va raqamli iqtisodiyot sharoitida kambag‘allik faqat daromad yetishmasligi emas, balki imkoniyatlar cheklanganligini ifodalovchi kompleks ijtimoiy muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ushbu muammoni hal etishda ta’lim jamiyatning uzoq muddatli barqaror taraqqiyotini ta’minlovchi asosiy institut sifatida qaraladi. Ayniqsa, zamonaviy ta’lim shakllarining rivojlanishi kambag‘allikni kamaytirishga qaratilgan yangi ilmiy yondashuvlarni talab etmoqda.

Global iqtisodiy jarayonlar va texnologik o‘zgarishlar natijasida jamiyatni murakkab tuzilmasini paydo bo‘lishi va yangi ijtimoiy qatlam – prekariat (aholining doimiy ish va daromad manbai bilan ta’minlanmagan qatlami) shakllanmoqda. Bu toifa asosan barqaror ish o‘rniga, kafolatlangan daromadga yoki ijtimoiy himoyaga ega bo‘lmagan yoshlardan iboratdir. "Prekariat" (precariat) atamasi ingliz tilidagi ikki so‘z – "precarious" (beqaror, xavfli, ishonchsiz) va "proletariat" (proletariat) so‘zlarining birlashuvidan hosil bo‘lgan [1]. Oksford tili ingliz lug‘ati (OED) ma’lumotlariga ko‘ra, "precariat" so‘zining qo‘llanilishi dastlab 1980-yillarga to‘g‘ri kelib, Maykl Xarringtonning 1989 yilgi ishlarida qayd etilgan [2]. Stendingning fikricha prekariat o‘z davrigacha bo‘lgan tushunishlardan farq qiladi: ular mehnat vositalariga ega emasligidan tashqari, doimiy ish joyiga, barqaror daromadga, ijtimoiy kafolatlarga (tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lmagan, pensiya, haq to‘lanadigan ta’til va h.k.) xam ega emas, ularning mehnati ko‘pincha qisqa muddatli, kunbay yoki vaqtinchalik xarakterga ega [3]. Prekariat muammosi ta’lim tizimining mehnat bozori talablariga mos bo‘lmaganligi bilan xam bog‘liq. Bunday holatlar ko‘pincha ta’lim tizimining zamonaviy talablarga javob bermasligi, jamiyatda ilmtalab soxalarni rivojlanmaganligi bilan bog‘liq. Shu sababli ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etish yoshlar o‘rtasidagi kambag‘allikni kamaytirishning muhim sharti hisoblanadi. Ta’lim tizimini innovatsion asosda qayta ko‘rib chiqish va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish yoshlar ortasidagi prekariatni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

#ta’lim tizimi #innovatsiya #yoshlar #prekariat #raqamli savodxonlik #dual ta’lim #tadbirkorlik #ijtimoiy barqarorlik.