Annotatsiya
Mazkur maqolada huquqiy madaniyatning mamlakat rivojidagi o‘rni, yoshlarning huquqiy madaniyatini rivojlantirishda davlat olib borayotgan islohotlar asosiy mezon ekanligi yoritilgan. Qolaversa yoshlarning huquqiy madaniyatini rivojlantirishga oid amaliy taklif va tavsiyalar berilgan. Shuningdek huquqiy madaniyat madaniyatning turli talqini tahlil qilingan.
So‘ngi yillarda huquqiy madaniyatning ijtimoiy-falsafiy tahliliga oid bir qator ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ayniqsa huquqiy madaniyatni tahliliy-funksional tahlili bilan bog‘liq masalalar faylasuflar, huquqshunoslar, psixologlar, sosiologlar diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Qolaversa huquqiy madaniyat davlat siyosatining ajralmas qismi sifatida rivojlanib bormoqda. Prezident Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida “Biz jamiyatimizda shunday huquqiy madaniyatni shakllantirishimiz kerakki, unga muvofiq Konstitutsiya va qonunlarga amal qilish, boshqalarning huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish majburiyat emas, balki kundalik qoida va odatga aylanishi shart” deb ta’kidlab o‘tdi [1].