Annotatsiya
Annotatsiya. Ushbu maqolada “Elmurod Bekmurod Trans” MCHJ misolida yuk avtomobillari ehtiyot qismlarini boshqarishda optimal buyurtma hajmini aniqlash va zaxira boshqaruvi muammolari o‘rganildi. Tadqiqotda KamAZ tormoz disklari, MAN filtrlari va yirik yuk avtomobillari dvigatel qismlari bo‘yicha iqtisodiy buyurtma miqdori (EOQ – Economic order quantity) modeli va uning modifikatsiyalari qo‘llanilib, har bir ehtiyot qism turi uchun optimal buyurtma hajmlari aniqlangan. Maqolada mavjud an’anaviy metod va EOQ asosidagi taklif etilayotgan metod taqqoslangan, ularning afzalliklari tahlil qilingan. Shu bilan birga, maqola O‘zbekiston sharoitida, ayniqsa kichik va o‘rta servis korxonalarida EOQ modelining amaliy qo‘llanilishi va moliyaviy samaradorlikni oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.
Materiallar va metodlar
2.1 “Elmurod Bekmurod Trans” MCHJda yuk avtomobillari uchun zaxira boshqaruvidagi asosiy omillari
“Elmurod Bekmurod Trans” MCHJda amaliyotda buyurtma hajmi ko‘pincha:
Ø oldingi tajriba;
Ø ustalarning detallarga bo’lgan taxmini;
Ø omborda bo‘sh joy mavjudligi;
Ø yetkazib beruvchining taklifi asosida belgilanadi.
Bu yondashuvda talabning o‘zgaruvchanligi, saqlash xarajatlari, mahsulot gabariti va buyurtma berish xarajatlari aniq matematik hisobga olinmaydi [3,4,5].
Natijada:
Ø ayrim hollarda ortiqcha zaxira shakllanadi (mablag‘, “muzlaydi”),
Ø ba’zan esa tanqislik yuzaga keladi (xizmat kechikadi, mijozlar yo‘qotiladi),
Ø umumiy xarajatlar nazorat qilinmaydi.
Yuk avtomobillari ehtiyot qismlari avtoservis va transport xizmatlarida eng muhim resurslardan biridir [6,7]. Ularning yetarli zaxirasi xizmatning uzluksizligi va moliyaviy samaradorlikni ta’minlaydi. “Elmurod Bekmurod Trans” MCHJ misolida zaxira boshqaruvining asosiy omillari quyidagicha tahlil qilinadi: