Annotatsiya
Annotatsiya: Ushbu maqolada avtomobilsozlikda ishlatiladigan pnevmatik shinalarining konstruksiyasi va elementlariga ko‘yiladigan ekspluatatsion, standart va texnik talablar va ularni ishlatish davridagi ya’ni yuk ko‘tarish qobiliyati va tezlik indekslari hamda ularni baholash usullarining texnologik jarayonlari xaqidagi ma’lumotlar yoritilgan.
Kirish. Jahon bo‘yicha bugungi kunda 85 mln dan ortiq, turli rusumdagi avtomobillar ishlab chiqilmoqda, yillik o‘sish miqdori 6,1 foizni tashkil etadi. Barcha sohalardagi kabi avtomobilsozlik sohasida ham, resurstejamkor texnologiya va texnika vositalarini qo‘llash yetakchi o‘rinlardan birini egallamoqda. Bugungi kunda dunyo bo‘ylab har yili 400 milliondan ortiq mashina detallarini jumladan shinalarni ishlab chiqarilishini hisobga olsak [1], ish sifati va unumi yuqori bo‘lgan jahon standartlar asosida hamda energiya-resurstejamkor mashinalar uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarni amaliyotga texnik talablar asosida joriy etish zaruriyati paydo bo‘lmoqda.
Metodika. Jumladan avtomobilsozikda butlovchi mahsulotlari puxtaligini oshirish, ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini samarali tashkil etish, mashina butlovchi mahsulotlarni sifat va puxtalik ko‘rsatkichlarini xalqaro standartlar talablari asosida baholashni yo‘lga qo‘yish, bunda mahsulotlarni ishlab chiqarish tizimlarinii joriy etish, undagi muammolar va yechimlariga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.