Annotatsiya

Usmonov I.I., PhD, Associate Professor,
Head of the Department of Electrical Technologies,
Mingboyeva M.I., 2nd-year Master’s Student,
Kokand State University

Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida qo‘llaniladigan tukli chigitlarni saralash uchun elektr saralagich qurilmaning rele himoyasi va avtomatikasi tizimlarini tadqiq etish masalalari yoritilgan. Zamonaviy paxta tozalash sanoatida chigit sifatini yaxshilash, saralash jarayonining aniqligi va samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu jarayonda elektr saralagich qurilmalar keng qo‘llaniladi. Ushbu qurilmalarning uzluksiz va xavfsiz ishlashini ta’minlash uchun rele himoyasi va avtomatika tizimlari asosiy rol o‘ynaydi. Tadqiqotda elektr saralagich qurilmaning texnologik ishlash prinsipi, uning elektr ta’minoti tizimi, rele himoya vositalari va avtomatik boshqaruv algoritmlari o‘rganildi. Shuningdek, ortiqcha yuklama, qisqa tutashuv va kuchlanish o‘zgarishlariga qarshi himoya mexanizmlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari rele himoyasi va avtomatika tizimlarini optimallashtirish orqali qurilmaning ishlash samaradorligini oshirish, energiya sarfini kamaytirish va nosozliklarning oldini olish mumkinligini ko‘rsatdi.

References

1.   Rosaboev A.T. Scientific and technological bases of sorting seeds in a triboelectric device: Monograph. Tashkent, 2015.

2.   Rosaboev A.T. "Research on the movement of raw cotton particles on the surface of a charged dielectric drum." Mechanization and Electrification of Agriculture. Moscow, 2016.

3.   Rosaboev A.T. "Research on the distribution of induced voltage on the surface of a dielectric drum." Bulletin of TSTU. Tashkent, 2009.

4.   Rosaboev A.T. "Methodology for researching fiber deformation and elasticity in an electric field." Bulletin of TSTU. Tashkent, 2015.

5.   Aydarov S.G., Yuldoshev O.K., Usmanov I.I. "Scientific basis of selection of seeding seeds from the starting material." IOP Conference Series: Earth and Environmental Science, 2021.

6.   Isroilovich U.I. "Method and Result of Identifying Separation Angle of Melon Seed from the Surface of Electric Selector’s Operative Organ." Harvard Educational and Scientific Review, 2022.

7.   Ministry of Energy of the Republic of Uzbekistan. Rules for the operation of electrical installations. Tashkent, 2021.

8.   Qodirov S., Ismoilov N. Relay protection in electric power systems. Tashkent: Fan, 2022.

9.   Popov V.S., Nikolaev S.A. General electrical engineering with the basics of electronics. Moscow: Energiya, 1972.

#Kalit so‘zlar: elektr saralagich #tukli chigit #rele himoyasi #avtomatika #qishloq xo‘jaligi texnologiyasi #energiya samaradorligi #avtomatik boshqaruv #himoya tizimi.