Annotatsiya

Maqolada haroratni hisobga olgan holda ko‘ndalang kesimi ixtiyoriy sterjenlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini aniqlash uchun takomillashtirilgan samarali hisoblash algoritmi qaralgan. Ostrogradskiy-Gamiltonning umumlashgan variatsion tamoyili asosida haroratni hisobga olgan holda fazoviy yuklanishlardagi sterjenlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini matematik modeli va hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan. Sterjenlardagi tebranish jarayonlarining tenglamalari sistemasi, tabiiy boshlang‘ich va chegaraviy shartlari bilan ishlab chiqilgan. Markaziy chekli ayirmalar va matritsali haydash usullari asosida haroratni hisobga olgan holda fazoviy yuklanishlardagi sterjenlarning tebranishini statik va dinamik holatini hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan. Natijalar grafik ko‘rinishda taqdim etilgan.

matematik model, sterjen, ixtiyoriy geometrik shakl, fazoviy yuklangan, tebranishlar, Gamilton–Ostrogradskiy variatsion prinsipi, kinetik va potensial energiya, harorat.

#matematik model #sterjen #ixtiyoriy geometrik shakl #fazoviy yuklangan #tebranishlar #Gamilton–Ostrogradskiy variatsion prinsipi #kinetik va potensial energiya #harorat.